Vimpelcom’ning qadrsizlanishidan Norvegiyaning Telenor telekommunikatsiya xoldingi 2015-yilning uchinchi choragida 637,8 million dollar miqdorida zarar ko‘rdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Vimpelcom’ning qadrsizlanishini ham qo‘shib hisoblaganda, Telenor’ning sof foydasi 425,2 million dollarni, chorak bo‘yicha daromadi esa 15 foizga o‘sib, 1,6 milliard dollarni tashkil etdi.
Telenor oktabr oyi boshida, “barcha ijobiy va salbiy jihatlarni taroziga solib ko‘rib”, Vimpelcom Ltd.’dagi ulushidan voz kechish haqida qaror qabul qilganini e’lon qilgandi.
Telenor xoldingi Vimpelcom’ning unga tegishli barcha aksiyalari — 33 foiz oddiy yoki 43 foiz ovozli aksiyalarni savdoga qo‘ygan.
Izoh (0)