“Bokschi” laqabli yetim uloqcha Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi politsiya uchastkasiga joylashdi va huquqni muhofaza qilish organlari xodimining formasiga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda Mashable.
Uloqchaga onasining o‘limidan so‘ng ofitser Brenton Charlton boshpana berdi, u hamkasbining xasta qizchasi ko‘nglini ko‘tarish uchun jonivorni politsiya uchastkasiga olib keldi.
Uloqcha kunduzlari uchastkada bemalol sayr qilib yuradi va stollar ostida uxlaydi, kechasi esa uni turli ofitserlar navbat bilan kuzatib turadi.
Ayni paytda Bokschi sun’iy ravishda ovqatlantirilmoqda. Kattaroq bo‘lgach, unga yangi boshpana topib beriladi.
Izoh (0)