Tojikiston va Armaniston kunning kechki paytida sayr qilish uchun eng xavfsiz mamlakatlardan deb topildi. Bu haqda Knews xabar beradi.
The Independent nashri o‘tkazgan so‘rovda ishtirokchilarga “Kechki payt shahringiz yoki mahalliy turar-joyingizda sayr qilayotib, o‘zingizni xavfsiz deb his qilasizmi?” savoli bilan murojaat etildi. Berilgan javoblar asosida tungi sayrlar uchun eng xavfsiz va xavfli mamlakatlar reytingi tuzildi.
Reytingga ko‘ra, xavfsiz mamlakatlar o‘nligiga Tojikiston, Armaniston (sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarda), shuningdek, Singapur, Gonkong, Norvegiya, Ispaniya, Ruanda, Indoneziya va Sloveniya kirdi. O‘ninchi o‘rinni Avstriya egalladi.
So‘rov ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, tunda ko‘chaga chiqish xavfli deb hisoblangan mamlakatlar qatoridan Venesuela, Gabon, Kongo, Paragvay va Afg‘oniston joy oldi.
Izoh (0)