Qarshidagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tgan “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng (0:0) o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Nasaf” jamoasining bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev murabbiylik faoliyatining xorijda davom etishi borasidagi ovozalarga oydinlik kiritdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Jurnalistning “Muxlislar sizni Eronga ‘jo‘natib yuborishga’ ham ulgurdi” degan savoliga Ro‘ziqul Berdiyev “Shartnomam tugayapti. Erondan aniq taklif bo‘lgan yo‘q, ‘Nasaf’da qolishim aniq”, deya javob bergan.
“‘Bunyodkor’ bilan durang jamoaning chempionlik uchun kurashiga qanchalik ta’sir etadi?” deya berilgan savolga javoban Berdiyev “durang ‘Nasaf’ imkoniyatini ancha pasaytirib yuborgani”ni tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Nasaf” sport direktori Vitaliy Ni jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyevga Eronning “Traktorsozi” klubi qiziqayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Izoh (0)