Argentina prezidenti lavozimini kim egallashi saylovlarning ikkinchi turi natijalariga ko‘ra aniq bo‘ladi. Chunki saylovlarning dastlabki bosqichida hech kim yetarli ovoz to‘play olmadi, deb xabar beradi “TASS”.
Argentina Milliy saylov palatasining 90,6 foiz byulletenlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Daniel Ssioli uchun 36,2 foiz, Maurisio Makri uchun 34,9 foiz ovoz berilgan.
Birinchi turda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun nomzod 45 foiz yoki uning raqibi bilan o‘rtasidagi farq 10 foizdan kam bo‘lmasligi sharti bilan 40 foiz ovoz to‘plashi zarur. Shu munosabat bilan Argentinada 22-noyabr kuni saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 25-oktabr, yakshanba kuni Argentinada prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)