Toshkentdagi Wyndham Tashkent mehmonxonasida 25-oktabr kuni Yaponiyaning Tsukuba universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Madina Nurmanova.
Marosim davomida ikki universitet rahbarlari — Kyosuke Nagata va Shuhrat Qayumov bitimda ko‘zda tutilgan bandlar, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, kadrlar almashinuvi masalalari yuzasidan fikr almashdi.
O‘zDJTUda yapon tili 2014-yildan boshlab asosiy til sifatida o‘qitilayotgan bo‘lsa-da (bungacha u ikkinchi til sifatida o‘rganilgan), shu vaqtga qadar talabalar bir qator seminar-treninglar, notiqlik san’ati tanlovlari va xalqaro tadbirlarda o‘z iqtidorlarini namoyish etishga ulgurdi.
Izoh (0)