O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (YuNKTAD)ning Jenevada bo‘lib o‘tgan Savdo va taraqqiyot bo‘yicha kengashi 62-sessiyasida qatnashdi. Bu haqda “Anons.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston vakillari sessiya kun tartibidan o‘rin olgan “Kichik fermer xo‘jaliklarining xomashyo tovarlarini barqaror ishlab chiqarish va ular bilan savdo qilishdagi o‘rni” mavzusi muhokamasi doirasida chiqish qildi. Jumladan, tadbir qatnashchilari O‘zbekistonda iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirishning asosiy jihatlari bilan tanishtirildi.
“Mamlakatda har yili 17 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlanadi. O‘zbekiston jahonning 80 mamlakatiga 180 dan ortiq turdagi yangi va qayta ishlangan meva va sabzavotlarni yetkazib beradi. O‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oqlar, karam va boshqa bir qator mahsulotlar eksporti hajmi bo‘yicha O‘zbekiston jahonda kuchli o‘nlikka kiradi”, — deyiladi O‘zbekiston delegatsiyasi bayonotida.
Izoh (0)