Professional boksning superog‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan o‘zbekistonlik bokschi Ahror Mirolimov Toshkent vaqti bilan ertaga, 24-oktabr tong saharda Jarrel Millerga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang AQShning Arizona shtati Finiks shahrida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Jangdan bir kun oldin bokschilar an’anaga ko‘ra, tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etdi. Unga ko‘ra, Mirolimov 108 kilogramm tosh bosdi. Uning raqibi Miller esa 127 kilogramm ekanligi oydinlashdi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, Mirolimov hozirgacha 17 ta jang o‘tkazib, shularning 16 tasida zafar quchgan. Faqat bitta chempionlik jangida amerikalik Derrik Rossiga ochkolar hisobi bo‘yicha yutqazib qo‘ygan. Ahrorning nokaut bilan qozongan g‘alabalari soni 13 tani tashkil etmoqda.
Izoh (0)