Rossiyaning “TVEL” (“Rosatom”ga kiradi) yoqilg‘i kompaniyasi Ukrainadan yadro yoqilg‘isi ishlab chiqaradigan zavod qurilishi bo‘yicha hamkorlikdagi loyihadan bosh tortish haqida rasmiy bildirishnoma olgani yo‘q, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“TVEL” ma’lum qilishicha, Ukraina tomonidan moliyalashtirish bo‘lmagani sababli loyiha ikki yildan beri to‘xtab turibdi. “TVEL” o‘z hisobidan zavod uchun uskunalarni tayyorlab qo‘ygan, u Ukraina tomonidan qabul qilingan, biroq puli to‘lanmagan.
Nashr eslatishicha, avvalroq Ukraina energetika va ko‘mir sanoati vaziri Vladimir Demcheshin “TVEL” yadro yoqilg‘isi ishlab chiqaradigan zavod qurilishi bo‘yicha majburiyatlarini bajarmayotgani sababli tegishli bitim bekor qilinishini aytgan edi.
Izoh (0)