17-oktabr, shanba kuni Kaliforniyadagi (AQSh) Eldorado-Xillzda yashovchi 27 yoshli Kuinn Dueyn o‘zining tengdoshi Lendon Borupga turmushga chiqishi kerak edi. Kelinning oilasi to‘y tadbiridan bir necha oy oldin Sakramentodagi to‘rt yulduzli Citizen Hotel mehmonxonasida muhtasham ziyofat o‘tkazish uchun 35 ming dollar to‘lab qo‘ygan edi. Biroq to‘yga bir necha kun qolganda kuyov to‘yni bekor qildi, deb xabar qiladi BigPicture.
Dueynlar oilasi maslahatlashib, kechaga buyurtmani bekor qilmaslikka qaror qildi. Biroq unda to‘yga taklif etilgan qarindoshlar va do‘stlarning o‘rniga mahalliy uysizlar va shunchaki muhtoj kishilar mehmon bo‘ldi.
Kuinn Dueyn va Lendon Borup 2011-yilning avgustida uchrasha boshlagan edi.
Kuinn Dueynning ota-onasi.
27 yoshli Kuinn va Lendon o‘tgan yilning aprelida unashtirilgan edi.
Kelinning onasi Kari Dueynning so‘zlariga qaraganda, qizi sodir bo‘lgan voqeadan qattiq xafa bo‘lganligi uchun tadbirga kelmagan.
Uysiz Erika Kreykraft Dueynlar oilasiga g‘amxo‘rligi uchun minnatdorlik bildirdi.
U ziyofatga eri va besh nafar bolasi bilan keldi.
Tadbir hammasi bo‘lib 120 nafar mehmonga mo‘ljallangan edi.
Barcha istovchilarga steyk, losos, bifshteks, salat va sabzavotlar taklif etildi.
Kuinn Dueyn iyuldagi qizlar bazmida dugonalari bilan.
Izoh (0)