Hindistonlik askar Panjob shtatining shimoli-g‘arbida joylashgan Sangrur shahrida o‘t ochib, to‘rt kishini otib o‘ldirdi va yana to‘rt kishiga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda, Times of India nashrining elektron manbasi taqdim etgan ma’lumotga asosan, “TASS” xabar bermoqda.
“Tartibsiz otishmadan keyin harbiy o‘zini otib o‘ldirdi, – deya bayon etmoqda mahalliy politsiya vakili Jaskiranjit Singx Teja, – u olgan tan jarohatlari tufayli vafot etdi”.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tergov harakatlarini boshladi. Bunday ishga qo‘l urishga nima sabab bo‘lganligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)