2015-yilning 19-oktabr kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasining majlisida joriy yildagi noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay, dehqonlarning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mo‘l hosili yetishtirilganligi va yig‘ib olinganligi qayd etildi, deb xabar beradi O‘zA.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmlari o‘sishi 6,6 foizga ta’minlandi. Qishloqning qiyofasini tubdan yaxshilash choralari faol amalga oshirilmoqda, yangi qishloq massivlari qurilishida zamonaviy namunaviy loyihalar bo‘yicha 9,3 mingta yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi.
Qishloq joylarda mahalliy iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni, xizmatlar va servis sohasini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ichki talabni muvozanatli rag‘batlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini davom ettirish iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlari – 10,1 foizga, chakana tovar aylanmasi – 15,0 foizga va xizmatlar ko‘rsatish – 12,9 foizga o‘sishiga ko‘maklashdi.
Izoh (0)