O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 9-oktabrdagi qarori bilan o‘zining 28-avgustdagi — meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni avtomobil transporti orqali eksportini 1-sentabrdan taqiqlashni nazarda tutuvchi qaroriga tuzatish kiritdi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
Kiritilgan tuzatishga muvofiq, Respublikaning ichki bozorida mevalar, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka va uzumdan, shu jumladan, dukkakli mahsulotlardan oqilona foydalanish, shuningdek, eksportga yetkazib berishni tashkil etish masalalarini hal etish bo‘yicha Ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan yuridik shaxslar 2016-yil 1-yanvariga qadar avtotransport vositalaridan foydalangan holda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum (TIF TN kodi 07-08) eksportini amalga oshirishi mumkin.
Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirish hamda ulardan foydalanishning prognoz parametrlariga ko‘ra, 2015-yilda O‘zbekiston 296 ming tonna sabzavot, 80 ming tonna poliz mahsulotlari, 115 ming tonna meva va 110 ming tonna uzum eksport qilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)