AQSh prezidenti Barak Obama Eron yadro dasturi yuzasidan erishilgan kelishuvga muvofiq unga nisbatan qo‘llanilgan Amerika sanksiyalarini olib tashlash uchun barcha zaruriy qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish haqida topshiriq berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Sanksiyalar Eron bilan xalqaro vositachilar kelishuvi shartlariga muvofiq olib tashlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Eron konstitutsiyasi posbonlari kengashi 14-oktabr kuni Tehronning xalqaro vositachilar “oltiligi” bilan Eron yadro dasturi bo‘yicha bitimini amalga oshirish haqidagi qonun loyihasini tasdiqlagan edi.
Izoh (0)