Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2018-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Braziliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Argentina terma jamoasining qayd etilgan uchrashuvlari 14 va 17-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ayni damda jarohatini davolayotgan futbolchi o‘z salomatligini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Messi Ispaniya chempionatining 6-turida “Las-Palmas”ga qarshi o‘yinda (2:1) jarohat olgan edi. 21-noyabr kuni bo‘ladigan “Real”ga qarshi uchrashuvgacha uning maydonga qaytishi kutilmoqda.
Izoh (0)