Bolgariya prezidenti Rosen Plevneliyev afg‘onistonlik muhojirning chegaradagi o‘limi yuzasidan chuqur pushaymonligini izhor etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bema’ni hodisa sababli Bolgariya—Turkiya chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan muhojirning o‘limi tufayli o‘zimning chuqur afsusimni izhor etaman. Yevropada davom etayotgan muhojirlar inqirozini tavsiflovchi ushbu mudhish hodisa – Yevropaga muhojirlarning oqib kelishi oqibatida yuzaga kelgan inqirozni hal etishga yo‘naltirilgan yagona va tez suratli umumyevropa choralar ko‘rishga sabab bo’ldi”, – dedi Plevneliyev.
Plevneliyev maxfiy xizmat xodimlarining samarali ishidan mamnun ekanligini bildirib, sodir bo‘lgan voqeaga xolisona baho berish maqsadida mustaqil ekspertiza o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, 16-oktabrga o‘tar kechasi Bolgariya chegara xizmati xodimi Bolgariyaga Turkiya orqali kirmoqchi bo‘lgan afg‘onistonlik muhojirni otib tashlagani haqda xabar berilgan edi.
Izoh (0)