Tailand shimolidagi Chiang May shahrida yashovchi Songsri laqabli fil o‘zining podachisini himoya qilishga urindi, deb xabar beradi The Mirror.
Podachi filning munosabatini tekshirib ko‘rish uchun do‘stlari bilan mushtlashuvni sahnalashtirdi. Shu atrofda yurgan fil hodisadan shu zahoti ta’sirlanib, do‘stini ranjitgan odamni quvib ketdi. Xavf bartaraf etilgandan so‘ng, fil podachining o‘rnidan turishiga yordamlashish uchun xartumini tutib turdi.
Nashrning ta’kidlashicha, fillar nafaqat turdoshlariga, balki odamlarga nisbatan ham his-tuyg‘uga ega sutemizuvchi hayvonlardir.
Izoh (0)