O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kshetau shahriga keldi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Prezident 16-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘ladigan Burabay shaharchasiga yo‘l oldi.
Avvalroq Islom Karimov MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketgani xabar berilgan edi.
Davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida MDH doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Izoh (0)