Rossiya poytaxtida terakt uyushtirishga tayyorgarlikda gumon qilingan shaxslardan ikki nafari o‘z aybini tan oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qo‘lga olinganlardan biri — Qozog‘istonda tug‘ilib-o‘sgan Elman Ashayev tergov bilan faol hamkorlik qilayotgani aytilmoqda. Chechenistonlik Aslan Baysultanov ham “Moskvaga bu ashyo (portlovchi modda) bilan kelishga majbur bo‘lgani”ni bildirib, aybini tan olgan.
Oldinroq Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov mazkur jinoiy ish doirasida 12 nafar rossiyalik qo‘lga olinganini ma’lum qilgan edi. Biroq sud materiallariga ko‘ra, ulardan faqat uch nafari gumonlanuvchi maqomida.
Izoh (0)