AQShning Turkiyadagi elchisi Jon Bass va Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Anqara ushbu mamlakatlarni suriyalik kurdlarga harbiy yordam bergan deb hisoblamoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“13-oktabr, seshanba kuni AQSh va Rossiya elchilari TIVga chaqirilib, Kurd demokratik ittifoqiga harbiy yordam berishga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirildi”, — deydi Turkiya TIV vakili.
Avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya kurdlarni Iroq hukumati orqali qurol bilan ta’minlayotganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)