Rossiya Davlat dumasi deputati Vadim Solovev terrorchilik harakatini sodir etgan shaxslar uchun eng oliy jazo sifatida o‘lim jazosini joriy etishni taklif qildi. Bu haqda “Moskva” agentligi xabar bermoqda.
“Terrorchilarning harakatlari aynan tinch aholi vakillarini o‘ldirishga qaratilgan. Bu mutlaqo ongli ravishda amalga oshiriladigan jinoyatdir”, — dedi Solovev. Shuning uchun ham, uning fikricha, “qotillar o‘zlariga nisbatan eng ayovsiz choralar, ijtimoiy muhofazaning eng oliy chorasi — o‘lim jazosi qo‘llanilishini bilishlari lozim”.
Deputat Rossiya qonunchiligini yanada qat’iylashtirish yordamida Rossiyadagi terrorchilik tahdidini kamaytirishni taklif etmoqda. Deputat Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyoti oqibatida yashirin terrorchilik tashkilotlari faol harakatga kirishishi va ularning harakatlari oqibatda tinch aholi vakillari halok bo‘lishidan xavotirda.
“Hukumat men uchun tushunarsiz qandaydir G‘arbga xos qadriyatlarni deb o‘lim jazosini nisbatan joriy etilgan moratoriyni hali ham bekor qilgani yo‘q. O‘lim jazosini qayta tiklash kerak — bu ish qancha vaqtli amalga oshirilsa, shuncha yaxshi”, — deya qo‘shimcha qildi Vadim Solovev.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda Rossiyada o‘lim jazosiga nisbatan moratoriy joriy etilgan. Moratoriy 2009-yili Konstitutsiyaviy sud qarori bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Rossiyada o‘lim jazosi bo‘yicha so‘nggi qatl 1996-yil 2-sentabr kuni amalga oshirilgan.
Izoh (0)