Nikol Kidman va Tom Kruzning asrandi qizi Izabella yaqinda turmushga chiqdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Biroq uning ota-onasi to‘yda ishtirok etmadi.
Kidman mehmonlar ro‘yxatidan o‘rin olmagan bo‘lsa-da, u Izabellaga to‘yga tayyorgarlik ko‘rishda faol yordam bergan.
Aktrisa ishontirishicha, u asrandi qizidan hech ham xafa emas. Londondagi “Dorchester” mehmonxonasidagi to‘yga u o‘z xohishi bilan kelmagan.
Manbalar xabariga ko‘ra, tantanali tadbirdan oldin Nikol bo‘lg‘usi kelin-kuyov uchun kichik ziyofat uyushtirgan. Shuningdek, u to‘yni tashkillashtirishga ham ancha-muncha hissa qo‘shgan. Tom va Nikol mehmonlarning diqqatini kelin-kuyovdan chalg‘itmaslik uchun tadbirga kelishdan bosh tortgan.
Izoh (0)