O‘zbekiston xalq artisti, milliy simfonik orkestr rahbari Ismoil Jalilovning o‘g‘li, “Zo‘r-zo‘r star” loyihasining sobiq ishtirokchisi Oskar Jalilov Rossiyaning “Golos” loyihasi tanlovidan o‘tolmadi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
“Golos” loyihasining 9-oktabr, juma kuni berilgan efirida Oskar “Ya lyublyu tebya bolshe prirodi” qo‘shig‘ini ijro etdi. Mazkur taronani taniqli rus xonandasi Irina Dubsova bir paytlar “Novaya volna”da maromiga yetkazib kuylagandi.
Afsuski, kichik Jalilovning ijrosiga Gradskiy, Leps, Basta va Gagarina kabi ustozlardan birortasi “Tanlayman” tugmasini bosib, qayrilmadi. Boz ustiga, ular Oskarning kuylashi va ijro imkoniyatini tanqid qildi hamda buni o‘nglash yuzasidan maslahat berdi.
Izoh (0)