Rollari soni bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan hindistonlik aktrisa Manorama 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Manorama 10-oktabr, shanba kuniga o‘tar kechasi Chennaida yurak xurujidan vafot etgan.
Asl ismi Gopisanta bo‘lgan aktrisa 1200 filmda suratga tushgan. O‘zbekistonlik tomoshabinlarga u 1972-yili prokatga chiqqan “Zita va Gita” filmidagi egizaklarning xolasi roli bilan tanish.
Bundan tashqari, Manorama mingdan ortiq pyesalarda ham rollar ijro etgan.
Izoh (0)