O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rejissor Muzaffar Erkinovning “Umr bekatlari” filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kultura.uz” xabar bermoqda.
Mazkur hujjatli filmda ko‘p yillar davomida temiryo‘l sohasida xizmat qilgan 101 yoshli Halima aya Qayumovaning ibratli hayoti, samarali mehnat faoliyati haqida hikoya qilinadi. Taqdimotda ayaning oila a’zolari, film yaratuvchilari, Toshkent temiryo‘l transporti muhandislari instituti talabalari hamda Toshkent temiryo‘l kolleji o‘quvchilari ishtirok etdi.
“Umr bekatlari” Respublika ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida “Keksalarni e’zozlash yili” doirasida suratga olingan.
Izoh (0)