Suriyada qonuniy hukumatni barqarorlashtirish Rossiya harbiylarining mamlakatdagi operatsiyasi asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
“Bizning vazifamiz qonuniy hukumatni barqarorlashtirish va siyosiy murosa qidirish uchun sharoit yaratishdan iborat”, — dedi u.
Rossiya Qurolli kuchlarining Suriyadagi harakatlarini u puxta tayyorgarlik natijasi deb atadi. “Osmonda va yerda bo‘layotgan narsalarning barchasi o‘z-o‘zidan yuz bergan harakatlar emas, balki belgilangan rejalarning bajarilishidir”, — deya ta’kidladi u. Davlat rahbari qayd etishicha, quruqlikdagi operatsiyalarni o‘tkazish Moskva rejalariga kirmaydi.
Izoh (0)