Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainani chegara orqali respublikaga qurollangan kishilarni o‘tkazmaslikka chaqirdi, deb yozadi “Kommersant”.
“Bizga jangarilarni boshqa yubormang. Ularni chegarada tutishdan charchadik. Granata, to‘qmoq, to‘pponchalar bilan yuradi. Kelinglar, ahil bo‘lib yashaymiz”, — dedi Lukashenko prezidentlik saylovlarida ovoz berib bo‘lgach.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, bunday kishilarda shikast yetkazuvchi qurol bo‘lsa, Belarus ularni Ukrainaga qaytarib yuborgan, jangovar qurol bo‘lsa, hibsga olgan.
Izoh (0)