Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Google boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar natijasida tuzilgan Alphabet kompaniyasi lotin alifbosining barcha harflarini o‘zida jamlagan abcdefghijklmnopqrstuvwxyz.com domenini sotib oldi. Bu haqda The Wall Street Journal ma’lumotlariga tayanib, “Nur.kz” xabar bermoqda.

Foto: “Russian7.ru”

Foto: “Russian7.ru”

Mazkur domen nomi 1999-yilda ro‘yxatga olingan, biroq biror saytga berilmagan edi. Uning ma’lumotlar bazasi 7-oktabrda yangilanib, egasi sifatida @google.com elektron manzili ko‘rsatildi.

Alphabet xarid amalga oshganini tasdiqladi. Kompaniya vakili avval olingan abc.xyz domenida lotin alifbosining bir necha harfi yetmaganligi, shu sabab rahbariyat bu xatoni o‘nglashga qaror qilganini hazilomuz ta’kidlab o‘tdi.

Alphabet alphabet.com domenini ololmadi, bu nom BMW kompaniyalar guruhi tomonidan foydalaniladi. Kompaniyaga abc.com domeni ham nasib etmadi, mazkur elektron manzil ABC mediakompaniyasiga tegishli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi