Dunyo ishlab chiqaruvchilari o‘z smartfonlari hajmini kichraytirishga intilayotgan bir paytda Yaponiyadagi kompaniyalardan biri mutlaqo boshqacha yo‘ldan borib, RoboHon smartfon robotini yaratdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”.
To‘rt yadroli MSM 8926 protsessori bazasidagi smartfonning orqasida 2 dyuym va 320×240 pikselli ekran bor. Qurilma Wi-Fi, LTE, Bluetooth adapterlari bilan komplektlanadi. Smartfon robotning balandligi 19,5 santimetrni, og‘irligi 390 grammni tashkil etadi. RoboHon haqidagi boshqa texnik tafsilotlar oshkor etilmadi.
Robot harakatlanadigan qo‘l-oyoqlar, ichki proyektor, ovoz va yuzlarni tanib olish tizimlari, qidiruv kamerasi bilan ta’minlangan. U yuradi, o‘tiradi, raqsga tushadi, sizga nimadir demoqchi bo‘lganida esa qo‘lini ko‘taradi. Smartfon robot devorda film ko‘rsatadi, suratga tushiradi, xo‘jayinini tanib oladi va unga salom beradi, uni uyg‘otadi va omad tilab ko‘z ham qisib qo‘yadi.
Yaponiyada RoboHon 2016-yilning birinchi yarmida sotuvga chiqadi.
Izoh (0)