Fransiyaning Rivyere sohillaridagi suv toshqini qurbonlari soni 19 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Fransiya janubi-sharqidagi kuchli jala 4-oktabrga o‘tar kechasi boshlandi. Avvalroq 18 kishining halok bo‘lganligi va uch kishining bedarak yo‘qolganligi haqida ma’lum qilingan edi. Ikki kishini qidirish hamon davom etmoqda.
Mamlakat prezidenti Fransua Olland 4-oktabr, yakshanba kuni suv toshqini natijasida zarar yetgan departamentga Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznyev bilan yetib kelib, Vazirlar kengashi tomonidan favqulodda holat e’lon qilinishini va hukumat uch oy ichida zararni qoplab berishini ma’lum qildi.
Izoh (0)