O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Pekindagi ATP tasnifiga kiruvchi China Open turnirini tark etdi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
Dunyoning 70-raketkasi hisoblanadigan Istomin musobaqaning ilk turida, 1 soat va 36 daqiqa davom etgan bahsda kutilmaganda xitoylik Jang Ziga (219-raketka) uch setda 3:6, 6:1 va 3:6 hisobida yutqazib qo‘ydi. Shu paytgacha Istomin Jang bilan uch bor uchrashgan bo‘lib, bu uning ilk mag‘lubiyati hisoblanadi.
Istomin kelgusi haftada mukofot jamg‘armasi 125 ming dollar bo‘lgan Tashkent Challenger turnirida ishtirok etishi kutilmoqda.
Izoh (0)