Futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichi 5-turidan o‘rin olgan Suriya hamda Yaponiya o‘rtasidagi uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suriyadagi notinch vaziyat sabab 8-oktabrga belgilangan ushbu uchrashuv betaraf maydon — Ummon poytaxti Muskat shahridagi Seeb Sports stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuvni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi. To‘rtinchi hakam — Ilgiz Tantashev.
Ma’lumot uchun, ikkinchi saralash bosqichining dastlabki to‘rt tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, “E” saralash guruhida Suriya 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o‘rindagi Yaponiya hisobida 7 ochko bor.
Izoh (0)