Moskvadagi Lujniki stadioni hududida yong‘in yuz berdi. Meduza’ning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarda maydon uzra qora tutun paydo bo‘lgani haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, yong‘in haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan 12:25 da kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, Lujniki hududida qurilish chiqindilari yongan.
Yong‘in haqidagi xabar olinganidan 14 daqiqa o‘tib qutqaruvchilar olovni o‘chirgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)