Angliyaning “Chelsi” futbol klubi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoga bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot bilan chiqdi va uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deya xabar bermoqda “TASS” London klubi rasmiy saytiga tayanib.
“Chelsi” Angliya chempionatining 8-turidagi o‘yinda “Sautgempton”ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ygach, qator xorij OAVlari portugaliyalik mutaxassis iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.
“Jozening o‘zi aytganidek, jamoa natijalari qoniqarsiz, jamoa o‘yinini esa yaxshilash kerak. Shunga qaramay, biz Mourinyoni joriy mavsumning borishini o‘zgartirib yuborishimizga turtki bo‘ladigan murabbiy deb hisoblaymiz. Uning buni amalga oshira oladigan jamoasi bor”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)