Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQShning Chikago shahri musulmonlari tashkiloti islom haqidagi bilimlarni kengaytirishni istaganlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilgani haqida xabar berdi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

“Odamlar musulmonlarni yaxshi bilmaydi, ular masjidda ham hech qachon bo‘lmagan. Buni tashrif buyurganlar kuzatuvidan bilsa bo‘ladi”,— deydi katta Chikago islomiy tashkilotlar ittifoqi ijrochi direktori Tabassum Xalim.

“Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etganlar masjidlar bilan tanishdi, jamoat namozlari qay tartibda o‘tkazilishining guvohi bo‘ldi, ma’ruza tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Aksiya Napervill, Uiton, Des-Pleyns va Libertivilldagi masjidlarda o‘tkazildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda avtomobillar ko‘proq qaysi hududlarda ijaraga olinishi ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 4-oktabr kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi
Dunyo
NATO razvedkasi Rossiya “Poseydon” yadroviy qurilmasini uchirishi ehtimoli haqida ogohlantirdi