Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Apple kompaniyasining yangi mahsulotlari — iPhone 6s va 6s Plus sotuvi boshlanishini nafaqat smartfon muxlislari, balki firibgarlar ham intiqlik bilan kutgan ko‘rinadi. Ular sodda kishilarni aldashning antiqa usullarini o‘ylab topmoqda, deya xabar beradi “Hi-Tech Mail.Ru”.

Foto: “Hi-Tech Mail.Ru”

Foto: “Hi-Tech Mail.Ru”

Manchester (Buyuk Britaniya) fuqarosiga ko‘chada uchragan notanish kimsa ikkita Apple smartfonini atigi 500 funt evaziga sotib olishni taklif qildi. Mamlakatda iPhone 6s’ning eng arzon modeli 539 funt narx bilan sotuvga chiqdi. Shu bois shoshib qolgan manchesterlik darrov ularni xarid qilishga tushdi.

Qutini ochgach, uni boplab chuv tushirishganiga amin bo‘ldi: yangi iPhone o‘rniga quti shakar bilan to‘ldirilgandi. Firibgar bu paytda allaqachon ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi