AQShning Ayredel shahrida o‘quvchilar o‘rtasidagi musiqa festivali vaqtida temir-betonli ayvon qulab tushdi. Reuters xabariga ko‘ra, 3-oktabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 14:15 da yuz bergan hodisa natijasida 25 kishi jabrlangan.
CBS News xabariga ko‘ra, inshoot uning ustunlaridan biriga yuk mashinasi kelib urilganidan so‘ng qulagan. Avariya vaqtida ayvon ostida festival qatnashchilari bo‘lgan.
The New York Times’ning yozishicha, jabrlanuvchilar kasalxonaga yetkazilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda. Jabrlanuvchilarning aynan necha nafari o‘quvchilar ekanligi ma’lum qilinmayapti.
Qayd etishlaricha, tadbirda 30 maktabning musiqa jamoasi qatnashishi kerak edi, biroq yomg‘irli havo sabab bir necha guruh unda qatnashishni rad etgandi. Baxtsiz hodisa sabab festival bekor qilindi.
Izoh (0)