Iroq poytaxti Bog‘dodda ikki portlash yuz berdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru” mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga tayanib.
Portlash oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Yana 60 dan ortiq odam jabrlandi.
Portlashlar shaharning shimoliy qismida xudkushlar tomonidan sodir etilgan. Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, hujum aholisining ko‘pchilik qismini shiyalar tashkil etuvchi hududlarga qaratilgan.
Izoh (0)