Rossiya orollaridan biri Saxalinda bir yo‘la ikkita tabiiy ofat — toshqin va dovul sodir bo‘lmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kuchli siklon o‘zi bilan jala va bo‘ron olib kelgan. Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, tunda oylik yomg‘irning uchdan bir qismi yog‘gan va shamol soniyasiga 63 metr tezlikda harakatlangan.
Noqulay ob-havo orolga bir qancha zararlar yetkazgan: daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashlagan, mashinalarni ag‘dargan, uylarning tomini uchirib yuborgan va elektr uzatkichlarga jiddiy ziyon yetkazgan. Qirg‘oq tumanlaridagi ko‘chalar suv bilan qoplangan. Bir necha temiryo‘l yo‘nalishlari to‘xtatib qo‘yilgan.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, ob-havo 3-oktabrda ham o‘zgarmaydi va yana yangi siklon kelishi kuzatiladi.
Izoh (0)