Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor tumanida yuz bergan bir necha portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 13 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
CCTV telekanalining mahalliy politsiyaga asoslanib xabar berishicha, Lyuchen uyezdining bir necha tumanlarida yuz bergan portlashlarga shubhali jo‘natmalar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Xitoy Xalqaro radiosi ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlar oqibatida bir necha binoga zarar yetgan, ulardan biri qisman vayron bo‘lgan. Vayron bo‘lgan bino o‘rnida qutqaruvchilar va politsiya ishlamoqda.
Bir qator Xitoy nashrlarining axborotiga ko‘ra, portlashlar soni 14 tagacha yetgan bo‘lishi mumkin. Rasman mazkur axborot tasdiqlangani yo‘q, portlashlarning rasmiy sababi aniqlanmoqda.
Izoh (0)