Rossiyaning Sharqiy harbiy okrugi raketachilari Astraxan ostonasidagi poligonda “Iskander-M” majmuasidagi qanotli raketalarning jangovar parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Qanotli raketaning jangovar parvozi 300 kilometr uzoqlikdagi nishonga qarata — shartli dushmanning qo‘mondonlik punkti sifatida ko‘rsatilgan marra tomon amalga oshirildi. Shaxsiy tarkibning harakati a’lo bahoga loyiq ko‘rildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, “Iskander-M” majmuasiga mas’ul harbiylar brigadasi endi doimiy xizmat joyi — Buryatiyaga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, “Iskander” tezkor-taktik raketa majmualari ilk bor 1999-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, “Iskander-M” majmuasi 500 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi kichik hajmli nishonlarni o‘qqa tutadi.
Izoh (0)