Mexikoda 13 kishini o‘g‘irlab ketib, o‘ldirganligi uchun uch nafar erkakning har biriga 520 yildan qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda BBC News xabar beradi.
Jinoyatchilar, shuningdek, 300 ming dollardan jarimaga ham tortildi.
2013-yilning may oyida 16 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan yetti nafar erkak va besh nafar ayol Meksika poytaxtidagi barga tashrif buyurgandan so‘ng g‘oyib bo‘lgan. Kuzatuv kameralarida ulardan ba’zilarining bar atrofidagi to‘xtash joyida turgan mashinalarga o‘tqizilganligini ko‘rish mumkin bo‘lgan.
Bitta qabrga tashlangan ularning jasadi shahar tashqarisidan uch oydan so‘ng topilgan. Tergov qotillik Mexikoning boshqa barida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxsning o‘ldirilganligi uchun qasd olish maqsadida sodir etilgan deb taxmin qilmoqda.
Izoh (0)