BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ayollar, bolalar va o‘smirlar o‘limini bartaraf etish va ular hayotining sifatini yaxshilashga qaratilgan yangi xalqaro tashabbusning yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Butunjahon tashkiloti ma’muriy rahbarining ma’lum qilishicha, dastlabki bosqichda mamlakatlar ushbu dasturga 25 milliarddan ortiq mablag‘ ajratadi.
BMT matbuot boshqarmasining ma’lumotiga qaraganda, dastur uchun AQSh (3,3 mlrd dollar), Kanada (2,6 mlrd dollar), Shvetsiya (2,5 mlrd dollar), Germaniya (1,3 mlrd dollar), Norvegiya (420 mln), Niderlandiya (326 mln) va Janubiy Koreya (300 mln) mablag‘ ajratish majburiyatini oldi.
Bundan tashqari yana 6 milliard moddiy yordam sifatida tushadi.
Izoh (0)