25-sentabr, juma kuni Meksikaning markaziy qismida joylashgan Puebla shtatida ko‘chki natijasida uch bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Fuqarolarni himoya qilish hududiy boshqarmasi vakilining xabar berishicha, fojia Uauchinango tumanida sodir bo‘lgan. Tosh va loydan iborat ko‘chki oqimi yo‘liga turar-joy binosi to‘g‘ri kelib qolgan.
Qutqaruvchilar uydan 16 yoshli qiz, 8 va 13 yoshli bolalarni chiqarib olgan. Ammo ular og‘ir jarohatlar tufayli tuman shifoxonasida jon berdi. Falokat joyida o‘t o‘chirish xodimlari va fuqaro xavfsizligi kuchlari ko‘chki bosib qolgan joylarni tozalash bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)