Polsha seymi prezidentga mamlakat shimolida joylashgan Redzikovoda AQSh raketaga qarshi bazasi qurilishida texnik kelishuvni ratifikatsiya qilish uchun vakolat berdi. Bu haqda Polsha radiosi tarqatgan ma’lumotlarga asoslanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Qarorni 422 deputat ma’qullagan, uch deputat qarshi chiqqan va besh deputat betaraf bo‘lgan.
Kelishilgan rejaga muvofiq 2016-yilda Redzikovo qishlog‘ida bazani qurish ishlari boshlanadi. 2018-yilda u yerda o‘rta uzoqlikda uchuvchi SM-3 raketali mobil batareyalari joylashtiriladi.
Izoh (0)