Xabarovsk o‘lkasida qidiruvchilar 80 yil avval bedarak yo‘qolgan samolyotning to‘rt nafar yo‘lovchisi jasadini topdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Qidiruvchilar samolyot halokatga uchragan joydan to‘rt kishi, jumladan, bir nafar ayolning jasadini topdi. Samolyot parchalarining joylashuviga qarab uning chap yonboshi bilan tepalikka urilganligi aniqlandi. Uchuvchi oldidagi qoyani juda kech payqagan bo‘lishi mumkin, natijada samolyotning tezligi balandlash uchun yetarli bo‘lmagan”, — deyiladi Umumrossiya jamoatchilik harakati xabarida.
Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, 1935-yilning 26-iyunida Aleksandrovsk-Saxalinskiy shahridan Xabarovsk yo‘nalishida parvozga chiqqan samolyotda 12 kishi bo‘lgan.
Izoh (0)