London dunyoning moliyaviy markazi nomini o‘ziga qaytardi. Buyuk Britaniya poytaxti o‘zining asosiy raqibi Nyu-Yorkdan o‘zib ketdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru” Global Financial Centres Index hisobotiga tayanib.
Bahorgi reytingda Londonga atigi bir ball yetmagan bo‘lsa, kuzga kelib u Nyu-Yorkdan 12 ballga oshib ketdi. Britaniya poytaxtida soliq inqirozining muvaffaqiyatli hal etilishi uning Nyu-Yorkdan ilgarilab ketishiga sabab bo‘ldi.
Uchinchi o‘rinni Gonkong, to‘rtinchi o‘rinni Singapur va beshinchi o‘rinni Tokio qo‘lga kiritdi.
Moliyaviy shaharlar o‘ntaligidan, shuningdek, Seul, Syurix, Toronto, San-Fransisko va Vashington shaharlari joy oldi.
Izoh (0)