Hindistonlik erkak tiriklayin asfalt bilan tekislab yuborildi. Hodisa Madhya-Pradesh shtatida yuz berdi, deb xabar beradi The Times of India.
45 yoshli Latori Barman xotini bilan yarmarkaga bordi. Uning rafiqasi ota-onasinikida qolgach, Barman Kxadra qishlog‘iga qaytishga qaror qildi. Yo‘l-yo‘lakay u spirtli ichimliklar do‘koniga kirdi. Shundan so‘ng ta’mirlash ishlari olib borilayotgan, biroq ogohlantirish belgilari bo‘lmagan yo‘lni kesib o‘tayotib, mast holdagi Barman katta chuqurga tushib ketdi va u yerda uxlab qoldi.
Ertalab ta’mirlanayotgan hududga yetib kelgan ishchilar uni payqamasdan, chuqurni eritilgan bitum bilan to‘ldirib, so‘ngra samosval yordamida yo‘lni tekislab yubordi. Asfaltdan chiqib turgan qo‘lni ko‘rgan mahalliy aholi trevoga ko‘tardi.
Samosval haydovchisi va chuqurlarni to‘ldirish uchun javobgar ishchi qo‘lga olindi. Ularga nisbatan o‘limga olib kelgan beparvolik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Ta’mirlash kompaniyasi rahbariyati Barmanning qarindoshlariga 50 ming rupiy (760 dollardan ortiqroq) tovon puli to‘lashga va’da berdi.
Izoh (0)