Eyfel minorasi terrorchilik harakati xavfi yuzaga kelganligi uchun besh soat davomida tashrif buyuruvchilar uchun yopib qo‘yildi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar beradi.
Katta ryukzakli shubhali shaxsning obyekt ochilishidan bir soat avval u yerga kirib ketganligi trevogaga sabab bo‘ldi. Bu holat terrorchilik harakatini sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotganligini taxmin qilishga olib keldi.
Politsiya va o‘t o‘chiruvchilardan tashqari minoraga uning tashqi tomonini ko‘zdan kechirish uchun vertolyot ham yetib keldi. Kunning ikkinchi yarmida minora sayyohlar uchun yopib qo‘yildi.
Biroq tekshiruvga sabab bo‘lgan shubhali shaxs qo‘lga olinmadi.
Izoh (0)