18-sentabr, juma kuni San-Sebastyanda (Ispaniya, basklar mamlakati avtonom viloyati) 63-xalqaro kinofestival o‘z ishini boshladi. Anjumanni ispaniyalik rejissor Alexandro Amenabarning “Qaytish” filmi ochib berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu yil bosh sovrin — “Oltin chig‘anoq” uchun 17 ta kartina, jumladan, amerikalik Piter Solletning “Meros huquqi” va britaniyalik Ben Uitlining “Balandlik” filmlari kurash olib boradi.
Shuningdek, 25-sentabr kuni kinematografiyaga qo‘shgan hissasi uchun faxriy mukofot —“Donostiya” ham topshiriladi. Bu yil ushbu mukofotga britaniyalik aktrisa Emili Uotson loyiq ko‘rildi.
San-Sebastyandagi xalqaro kinofestival 1953-yildan beri o‘tkazib kelinadi va Yevropadagi eng nufuzli anjumanlardan biri hisoblanadi. 200 ga yaqin film namoyish etilishi kutilayotgan bu yilgi kinofestival 26-sentabr kuni o‘z yakuniga yetadi.
Izoh (0)